Britaniyaning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik Russell Hume nomli kompaniyasi mamlakatning mashhur restoranlar tarmog`iga go`sht etkazib berishni to`xtatdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Bunga to`satdan tekshiruv o`tkazish natijasida aniqlangan antisanitariya holatlari sabab bo`ldi.
Britaniyaning yirik Wetherspoon, Jamie Oliver's, Tiger Tiger, Greene King va Marston’s restoran tarmoqlari, Butlins, Haven va Warner Leisure mehmonxonalari, shu bilan birga bir nechta maktab, qariyalar uyi go`shtsiz qoldi. Hali foydalanib ulgurilmagan barcha go`sht mahsulotlari yo`q qilindi.






