Rossiya xalq artisti Lyudmila Senchina uzoq davom etgan onkologik kasallikdan so`ng 67 yoshda olamdan o`tdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Musiqali komediya Teatri bosh direktori Yuriy Shvarskopf Rossiya xalq artisti Lyudmila Senchinaning so`nggi vasiyatini ma`lum qildi.
“Lyudmila Senchina vafotidan keyin uni Smolensk qabristoniga dafn etishlarini vasiyat qildi. Dafn marosimi yakshanba kuni, artist bilan vidolashuv yosh tomoshabinlar teatrida bo`lib o`tadi”, dedi Yuriy Shvarskopf.






