AsosiyDunyo

Podmoskovya sobiq moliya vaziri rafiqasining mol-mulki musodara qilindi

'Podmoskovya sobiq moliya vaziri rafiqasining mol-mulki musodara qilindi'ning rasmi

Podmoskovya sobiq moliya vaziri Aleksey Kuznesovning rafiqasi Janna Bulaxning Fransiyadagi ikki mehmonxonasi, 10 ta avtomobili, yaxta va villasi musodara qilinib, ayolni 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi, deb xabar berdi Segodnya.ua nashri.

Moskvaning Basman sudi davlat byudjetidan 11 milliard rublni o`g`irlashda ayblangan Aleksey Kuznesovning rafiqasi Janna Bulaxning mol-mulkini musodara qildi. Musodara qilingan mol-mulklar orasida Fransiyada joylashgan “Kristall” va “Pralong” mehmonxonalari, Parijdagi uy, Sen-Tropedagi villa, yana Shvesariyadagi ikki uy, 10 ta — shu jumladan "Rolls-Roys", "Bentli", "Mersedes" avtomobillari, motorli yaxta, qimmatbahao san`at asarlari, mebellar, mashhur rassomlarning 25 ta kartinasi ham bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar