AsosiyJamiyat

«Mustaqillikning 25 yilligi» koni hududida baholash qudug`ining qurilishi boshlandi

'«Mustaqillikning 25 yilligi» koni hududida baholash qudug`ining qurilishi boshlandi'ning rasmi

“O`zbekiston mustaqilligi” investision bloki bilan mahsulotlar taqsimoti to`g`risida tuzilgan bitim doirasida Surhan Gas Chemical Operating Company operator kompaniyasi Curxondaryo viloyatining Boysun tumanida “Mustaqillikning 25 yilligi” koni hududida uglevodorodlar zahirasini aniqlash maqsadida baholash qudug`ini qurish ishlarini boshladi.

Ayni paytda “Mustaqillikning 25 yilligi” koni hamda “O`zbekiston mustaqilligi” investision blokiga tegishli tabiiy gaz miqdori 100 mlrd kubometrni tashkil etadi.

Ushbu loyihani amalga oshirishi uchun burg`ulovchi pudratchi sifatida Markaziy Osiyo, Rossiya va Yaqin Sharqda katta tajribaga ega bo`lgan ERIELL burg`ulash kompaniyasi jalb qilingan. Quduqning qurilishi uchun serovodorod ta`siri, me`yoridan ortiq plastik bosim va harorat, shuningdek, boshqa murakkab sharoitlarda ishlashda yuqori yuk ko`tarish quvvatiga ega o`ziga xos qurilma yaratildi. Loyiha doirasida servis xizmatlarini BakerHghes, Halliburton va NOV singari etakchi xalqaro servis pudratchilari taqdim etishadi.

Baholash qudug`i bilan bir qatorda ayni damda “Mustaqillikning 25 yilligi” konida butun blok bo`yicha shartnoma maydonining ekologik audit tekshiruvlari o`tkazilmoqda, marketing tadqiqotlarini tashkil etish, loyihalar va zahiralar auditini tubdan qayta ishlash borasida xalqaro maslahatchilar ishtirokidagi ishlar ham boshlab yuborilgan.

Yuksak ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan mazkur loyihaning ishga tushirilishi mamlakat iqtisodiyotiga katta hissa qo`shadi, uni amalga oshirish doirasida yangi ish o`rinlari yaratiladi, ishlab chiqarish jarayonlariga yangi zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi. Shu bilan birga u nafaqat loyiha amalga oshirilayotgan hududning rivojida, balki O`zbekiston Respublikasining butun gaz-kimyo va kimyo sanoati taraqqiyotida katta o`rin tutadi.

    Boshqa yangiliklar