Italiya shimolida Kremonadan Milanga yo`l olgan poezd payshanba kuni ertalab Milan va Venesiya o`rtasidagi temir yo`l hududida relsdan chiqib ketgan, deya xabar tarqatdi Rainews24 telekanali.
Ma`lumotlarga ko`ra, ayni paytda kamida ikki kishi halok bo`lgan, o`n kishi og`ir jarohat olgan.
Voqea sodir bo`lgan Poltello shahri hududiga tez yordam mashinalari etib kelgan. Mazkur temir yo`l liniyasida poezdlarning kechiktirilishi e`lon qilingan.






