AsosiyJamiyat

Yunusobodda «BMW» ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi

'Yunusobodda «BMW» ishtirokida dahshatli YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

2018 yil 22 yanvar kuni, Yunusobod tumani, Moyqo`rg`on ko`chasida joylashgan “Shifo-nur” tibbiyot markazi qarshisida, “BMW” rusumli avtoulov xaydovchisi mast holatda, rul boshqaruvini yuqotib, yo`l chetidagi daraxtga urilgan.

Natijada:

1) yo`lovchisi – 1996 yilda tug`ilgan erkak kishi, YTH joyida vafot etgan;

2) yo`lovchisi – 1978 yilda tug`ilgan erkak kishi, “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat eyishi, o`ng tomonlama qovurg`alar sinishi” tashxisi bilan 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan;

3) yo`lovchisi – 1987 yilda tug`ilgan erkak kishi, “Bosh miya ochiq jarohati, bosh miya lat eyishi” tashxisi bilan 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan;

4) yo`lovchisi – 1997 yilda tug`ilgan erkak kishi, “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, pastki jag`, daxan sohasi sinishi” tashxisi bilan 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o`lishiga sabab bo`lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar