O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda ishlash istagida bo`lgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
"Xorijda ishlash istagida bo`lsangiz, chet elga ketish uchun foydalanilayotgan transport vositalarining texnik xavfsizligi va boshqa jihatlarga jiddiy e`tibor qaratishga chaqiramiz!", - deyiladi unda.
Chet elga ishga ketish bilan bog`liq masalalar yuzasidan har qanday savollarga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligining quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish so`ralgan:
(0-371) 202-33-55; (0-371) 202-33-66.






