Bugun 23 yanvar kuni, soat 06.26 da O`zbekiston va Qozog`iston chegarasida er silkinishlari kuzatildi.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 31 km uzoqlikda Janubiy Qozog`iston viloyatining Sariag`ash tumani hududida joylashgan.
Evropa seysmologiya stansiyasi sayti ma`lumotlariga ko`ra, epimarkazda zilzila magnitudasi 4,6ga teng bo`lgan. Toshkantda zilzila kuchi 4 ballni tashkil etdi.






