2018 yildan boshlab umumiy o`rta ta`lim maktablari o`qituvchilarining ish vaqti me`yorlarini belgilashga oid amaldagi hujjatlarga o`zgartishlar kiritish asosida ortiqcha qog`ozbozlik va hisobotbozlikka chek qo`yiladi.
Bu bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan.
Shu bilan birga oliy ta`lim muassasalariga kirish bo`yicha test sinovi natijalari test o`tkazilgan kunning ertasiga e`lon qilish amaliyoti joriy etiladi.
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi xabariga ko`ra, 231 banddan iborat Davlat dasturida 37 ta qonun qabul qilinishi belgilangan.






