O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o`zgartishlar kiritish to`g`risida Qaror qabul qildi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998 yil 29 avgustdagi «O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish to`g`risida»gi 676–I-sonli Qaroriga qisman o`zgartishlar kiritib, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qabul qildi.
Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014 yil 3 apreldagi «O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o`zgarishlar kiritish to`g`risida»gi 890–II-sonli va 2014 yil 7 apreldagi «O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o`zgarishlar kiritish to`g`risida»gi 892–II-sonli qarorlari ma`lumot uchun qabul qilinishi ta`kidlangan.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a`zolari etib quyidagilar saylangan:
Abduvaxitov Abdujabar Abdusattarovich - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori
Abdunazarov Olimjon Toshtemirovich - O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Surxondaryo viloyatidagi nazorat-taftish boshqarmasi boshlig`i
Artikova Svetlana Baymirzaevna - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo`mitasi raisi
Kurbankulov Suyarjon Masharipovich - O`zbekiston nogironlar jamiyati raisi
Mirzaev Abdumanob Kuchkarovich - Farg`ona viloyati tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi raisi
Norov Jalil Xalilovich - O`zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg`armasining Navoiy viloyati bo`limi raisi
Rajabov Esanbay - Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi
Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich - Samarqand davlat chet tillar instituti rektori
Fattoev Yoqub Talabovich - Buxoro viloyati Peshku tumani «Fattoev» fermer xo`jaligi rahbari
Xodjakulov Erkin Gaybullaevich - Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig`i
O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a`zolari M.X.Axmedov, A.Dusbaev, Yu.U.Karaev, S.S.Kasimov, G.R.Rustamova, K.Togaev, M.S.Xodjaev, O`.Sh.Xolov, A.Shirinov, S.X.Shukurov,K.T.Yusupov va M.K.Yakubovaning vakolatlari o`zlari bergan arizalarga binoan tugatildi.
Ushbu Qaror O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborildi.
Qaror O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. Sobirov tomonidan imzolanib, qabul qilingan kundan e`tiboran kuchga kirdi.





