AsosiyShou-biznes

Ziyoda sumalak bahona hamkasblarini ahillikka chorladi (FOTO)

So`nggi yillarda o`zbek shou-biznesiga xonandalar Ziyoda, Madina Mumtoz, Umidaxon, Dilso`z, Malika Egamberdievadan iborat yangi avlod kirib keldi.

Ular nafaqat san`ati, balki tarbiyasi, odobi bilan ham muxlislarning qalbidan o`rin egallay oldi. Kuni kecha “Nihol” mukofoti sovrindori Ziyodaning xonadonida doshqozon tagiga o`t qalanib, sumalak qaynatildi.

Ziyodaning “Sumalak bazmi”ga O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Ra`no Yarasheva, Mavluda Asalxo`jaeva, Abdurashid Yo`ldoshev, Alisher Fayz, xonandalar Umida Mirhamidova, Yulduz Turdieva, Dildora Niyozova, Jasur Umirov, Shoxruxxon, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Madina Mumtoz, Umidaxon, Dilso`z, Malika Egamberdieva kabi ko`plab xonandalar tashrif buyurishdi.

“Topgan gul, topmagan bir bog` piyoz”, deganlaridek kim qo`lida gul bilan, kimdir shirinliklar bilan tashrif buyurdi. Umidaxon, Dilso`z, Malika Egamberdieva esa davra markazini bo`shatishmadi. Umuman olganda san`atkorlar o`rtasidagi bu kabi ahillikni ko`rib ko`zimiz quvnadi. Sumalak bahona diydor g`animat, deganlaridek qozon tagiga o`t qalash-u, sumalakni kavlash ham yoddan chiqib, hamma raqsga tushishga berilib ketdi. Bu borada Ziyodaning muxlislari faol bo`lishdi. 

    Boshqa yangiliklar