Farmonga ko`ra, Markaziy bank jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash departamenti negizida asosiy vazifasi bank xizmatlari ist`emolchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, aholi va tadbirkorlik sub`ektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish bo`lib hisoblangan Markaziy bankning Bank xizmatlari ist`emolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etildi.
Bundan tashqari, asosiy vazifalari tegishlicha bank tizimining barqarorligini ta`minlash, omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini himoya qilish va Markaziy bankning pul-kredit operasiyalarini o`tkazish bo`yicha chora-tadbirlarini amalga oshirish bo`lib hisoblangan O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining nazorat qo`mitasi va Kredit qo`mitasi o`z faoliyatini boshlaydi.






