AsosiyJamiyat

“Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi

'“Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi'ning rasmi

“Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e`lon qilindi, u 15 yanvarga qadar davom etadi.

“Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Dastur loyihasi 237 banddan iborat bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilning 22-dekabr kuni Oliy Majlisga tadqim etgan Murojaatnomasida keltirilgan asosiy g`oya va takliflari hamda 2017–2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi.

Jamoatchilik muhokamasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”da 2017–2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishning tashkiliy chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoyishiga ko`ra shu yilning 15-yanvariga qadar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Keng jamoatchilik vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida bo`lib o`tadigan muhokamalar doirasida turli anjuman va davra suhbatlari tashkil etiladi. Shuningdek, muhokamalar OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda ham muntazam o`tkazib boriladi. Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari natijalari tahlili va kelib tushgan takliflar asosida yanada takomillashtiriladi.
Davlat dasturi 237 ta bandni o`z ichiga olgan bo`lib, unda O`zbekiston Prezidentining 22 dekabrdagi parlamentga murojaatnomasi, shuningdek 2017−2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan maqsad g`oya va vazifalar o`z aksini topgan.

Muhokama kunlari milliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida anjumanlar va davra suhbatlari o`tkaziladi.

Jamoat muhokamasi va kelib tushgan takliflar yakunlari bo`yicha 20 yanvargacha Davlat dasturining takomillashtirilgan loyihasi tayyorlanadi. Shu yo`l bilan fuqarolarda mamlakat kelajagiga ta`sir ko`rsatishning real imkoniyati vujudga keldi.

    Boshqa yangiliklar