Har bir farzandga Vatanga bo`lgan muhabbat oiladan boshlanishi haqida qo`p gapiriladi. Ayniqsa, oilada bunday tuyg`uning shakllantirilishida otalarning alohida o`rni bor. Bu tuyg`u har bir o`qil-qiz qalbida Vatanga bo`lgan sadoqatni, tug`ilib o`sgan yurtiga o`z hissasini qo`shish istagini yanada kuchaytiradi. Biz bilan bo`lgan suhbatda 527 SChR bataloni komandirining harbiy vatanparvarlik MT va EBIBU mayori Eler Abdullaev ana shunday fikrlarni bildirdi. Bugun Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahridagi 2-sonli umumta`lim maktabida mayor va ikki nafar oddiy askar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Mayor o`quvchilarga o`z faoliyati haqida so`zlar ekan, Vatan himoyachisi ishonchni oqlashga astoydil harakat qilishi kerakligi ta`kidladi.
«Mening dadam – Vatan himoyachisi» mavzusidagi insholar ko`rik-tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi ishtirokchilarga yanada ko`tarinkilik bag`ishladi. Tadbirda o`quvchilarga esdalik sovg`alari topshirildi.











