iPhone X egalari smartfonning korpusi va displey oralig`iga sochlari va soqollari ilinib qolayotganidan shikoyat qilishmoqda, deb xabar berdi, Lenta.ru nashri.
Mazkur muammoni Reddit i Apple ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilari muhokama etishdi. Ularning so`zlariga qaraganda, smartfonni quloqlaridan olayotganda korpus va displey oralig`iga ilinib qolgan soch-soqollari yulinib, jonlarini og`ritayotganidan shikoyat qilishgan.
iPhone X smartfoni 2017 yilning noyabr oyida savdoga chiqqan. Uning egalari smartfonning kamchiliklaridan bir necha marta shikoyat qilishdi. Bundan tashqari, displeyning kuyib qolishi, yashil chiziqlar paydo bo`lishi, dinamikadagi defektlar, Face ID ning yaxshi ishlamayotgani kabi muammolar ham muhokama etildi.






