AQShning Luizana shtatidagi maktablardan birida o`tkazilgan yig`ilishda maoshi kamligidan noligan o`qituvchi ayol qamoqqa olindi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Nashrning xabar berishicha, ingliz tili o`qituvchisi bo`lgan Deysha Xargreyv maktabda o`tkazilgan majlisda maoshi kamligini aytganida, polisiyachilar undan xonadan chiqib ketishni talab etishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan videodan ayolning tashqariga chiqib ketishni istamay, hukumat vakiliga qarshilik qilganligini ko`rish mumkin. Polisiyachi buyrug`iga bo`ysunmagan ayolni polga yotqizib, qo`liga kishan solgan.
Keyinchalik ayolga polisiya xodimiga bo`ysunmaganlik aybi qo`yilganligi ma`lum bo`ldi.






