AsosiyDunyo

XITOY YaQIN ShARQDA ChET EL HARBIY-DENGIZ BAZASINI BARPO ETIShNI REJALAShTIRDI

'XITOY  YaQIN  ShARQDA ChET EL HARBIY-DENGIZ BAZASINI BARPO ETIShNI REJALAShTIRDI'ning rasmi

Xitoy o`zining harbiy kuchlarini Yaqin Sharqda kuchaytirish va ikkinchi chet el harbiy-dengiz bazasini barpo etish istagida, deya xabar berdi Ria.ru nashri.

Nashrning ta`kidlashicha, Xitoy Pokistondagi strategik muhim bo`lgan Gvadare port yonida harbiy-dengiz bazasini barpo etishni rejalashtirmoqda. Bu port Xitoy- Pokiston iqtisodiy yo`lining va XXR raisi Si Szinpinning “Bir mintaqa, bir yo`l” g`oyasining asosiy qismlaridan biridir.

Pekinning mazkur xatti-harakati uning Pokistonni, jumladan, Hind okeanini harbiylashtirish (militarizasiyalash) istagida ekanligini anglatadi.

Ekspertlarning ma`lum qilishicha, Hindiston flotining hududdagi tajribasi va imkoniyatlari Xitoy va Pokistonnikiga qaraganda kengroq va kuchliroqdir.

Oldinroq, 2017 yilning yozida Hindiston va Xitoy o`rtasidagi aloqalar Doklam platosidagi mojaro tufayli yomonlashgan edi. Hindiston harbiylari xitoyliklarni, Doklam platosidan avtomobil yo`li qurish ishlarini boshlaganidan so`ng siqib chiqargan edi. Keyinroq XXR tashqi ishlar vazirligi qurilish bo`layotgan hudud yana Xitoy harbiylarining nazorati ostida ekanligini xabar bergan edi. Biroq avgust oyining oxirida tomonlar platodagi xarbiylarni tarqatib yuborishga kelishishgan edi.

    Boshqa yangiliklar