AsosiyDunyo

AQSh VA YaPONIYa MUDOFAA VAZIRLARI KXDR GA KARATILGAN BOSIMNI KUChAYTIRIShNI MUHOKAMA QILIShDI

'AQSh VA YaPONIYa  MUDOFAA VAZIRLARI  KXDR GA KARATILGAN BOSIMNI KUChAYTIRIShNI  MUHOKAMA QILIShDI'ning rasmi

AQSh va Yaponiya mudofaa vazirilari Djeyms Mettis hamda Isunori Onodera telefon orqali bo`lgan muloqotda KXDR ga bosim o`tgazish maqsadida Pxenyanning yo`nalishini o`zgartirishni muhokama qildilar, deya xabar berdi Ria.ru nashri.

“ Mettis va Onodere Shimoliy Koreyaning noqonuniy va ma`suliyatsiz xatti-harakatlarini tanqid qilishdi. Ular shimoliy Koreyaning yo`nalishini o`zgartirish maqsadida unga bosim o`tkazish zarurligini, provokasion va tahdid soluvchi xatti-harakatlardan tiyilishni va shu bilan yadroviy va raketa dasturlaridan voz kechish bo`yicha strategik qaror qabul qilishni kerakligini aytib o`tishdi.

Vazirlar KXDR ga bosim o`tkazishda xalqaro qo`llab-quvatlash va ko`p millatli sheriklar bilan hamkorlik qilish kerakligini ta`kidlashdi.

Muzokara vaqtida AQSh va Yaponiya mudofaa vazirlarining bayonoti, KXDR va Janubiy Koreya delegasiyalari o`rtasida aloqalarni yaxshilash va shimoliy koreyalik sportchilarning Pxyonchxanda o`tkaziladigan Olimpiyadadagi ishtiroki masalalari ham muhokama etildi.

    Boshqa yangiliklar