Qozog`iston va O`zbekiston shaharlari o`rtasida yana bir nechta aviaqatnovlar yo`lga qo`yiladi.
Bu haqda Qozog`istonning O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Erik Utembaev “Uzreport” telekanaliga bergan intervyusiga asoslanib “Kazinform” xabar qildi.
“Joriy yilda parvozlar geografiyasini kengaytirish rejalashtirilayapti. Bular sayyohlik imkoniyatlari nuqtai nazaridan jozibador bo`lgan “Olmaota — Buxoro”, “Olmaota — Xiva”, “Olmaota — Samarqand” yo`nalishlaridir”, deydi Erik Utembaev.






