Hindistonda qor ko`chishi oqibatida 11 kishi halok bo`ldi Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida ko`chkilar oqibatida 11 kishi halok bo`ldi, deya xabar berdi “Hindustan Times” nashri rasmiy manbalarga tayanib.
Voqea juma kuni kechqurun Jammu va Kashmir shtatidagi Kupvara okrugi shimolida sodir bo`lgan. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, o`lganlar orasida bolalar ham bor.
Ko`chki ostida qolgan odamlarni qidirish bilan polisiya, armiya va mahalliy aholi shug`ullanmoqda. Ikki kishi qutqarib olingan.






