Olimpiadada o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari, ya`ni, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi yoki bitirgan o`quvchilari, shuningdek, o`n bir yillik umumiy o`rta maktabning 11-sinf bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Oimpiadada ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar olimpiadaning rasmiy www.matfiz.uz saytida ro`yxatdan o`tib, olimpiada shartlari va o`tkazish bosqichlari bilan tanishlari mumkin.
Olimpiada uch bosqichda o`tkaziladi.
Birinchi (saralash) bosqich – 2018 yil 20 yanvar kuni onlayn tarzda, test ko`rinishida. Test savollarining 80 foiziga to`g`ri javob bergan ishtirokchilar ro`yxati olimpiada rasmiy saytida e`lon qilinadi va keyingi bosqichga o`tadi.
Ikkinchi (mintaqaviy) bosqich – 2018 yil 10 fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududlardagi Qarshi, Samarqand, Farg`ona, Nukus, Urganch filiallarida o`tkaziladi. Mazkur bosqich ishtirokchilari orasidan matematika va fizika fanlaridan amaliy masalalarga qo`yiladigan maksimal ballning kamida 80 foizini to`plagan o`quvchilar ro`yxati olimpiada rasmiy saytida e`lon qilinadi va final bosqichga o`tadi.
Final bosqichi – 2018 yil 22–25 fevral kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o`tkaziladi. Ushbu bosqichda ishtirokchilar fizika va matematika fanlaridan 10tadan amaliy masalalarni yozma topshiradilar.
Olimpiadaning final bosqichida eng yuqori ball to`plagan 21ta ishtirokchi sovrindorga aylanadi. Barcha sovrindorlarga qimmatbaho sovrinlar va diplomlar beriladi. Shuningdek, ular Toshkent shahridagi INHA universitetining ingliz tilidan bepul o`qish huquqini beruvchi yo`llanmasini qo`lga kiritadilar.






