AQSh prezidenti Donald Tramp hayotiy tajribasidan kelib chiqib, o`zini “Daho” deb e`lon qildi, deya xabar berdi Ntv.ru nashri.
Uning aqliy qobiliyati tanqid ostiga olingani tufayli Tvitterdagi sahifasida bu haqda izoh qoldirdi. Mazkur holat Maykl Vulfning «Olov va g`azab. Trampning Oq uyida» asari chop etilgangandan keyin yuzaga keldi.
«Butun umrim davomida mening eng asosiy ikki jihatim – ruhiy holatim va aqlim bo`lgan. Men juda muvaffaqiyatli tadbirkor hamda televidenie yulduzidan AQSh prezidentligiga qadar bo`lgan yo`lni bosib o`tdim. Men o`zimni aqlli inson sifatida emas, balki Daho, juda katta Daho, deb hisoblayman!» - deya yozdi Tramp.
O`tgan yilning oktyabr oyida OAVlarda AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning Donald Trampni “ruhiy nosog`lom”, deb atagani haqida xabar tarqalgan edi. Unga javoban Tramp IQ testi natijalarini solishtirib ko`rish taklifini bergan edi.






