AsosiyDunyo

KANADANING TORONTO ShAHAR AEROPORTIDA IKKITA SAMOLYoT TO`QNAShDI

'KANADANING  TORONTO  ShAHAR  AEROPORTIDA  IKKITA SAMOLYoT  TO`QNAShDI'ning rasmi

Torontoning Lester Pirson nomidagi xalqaro aeroporti uchish-qo`nish yo`lagida ikkita samolyot to`qnashib ketdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Mazkur voqea aeroportning 3-terminali oldida yuz bergan.

WestJet aviakompaniyasida ma`lum qilinishicha, bortida 168 yo`lovchi va 6 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan, Meksikaning Kankun shahridan kelgan Boeing 737-800 samolyoti teletrap (samolyot bilan aeroport binosini bog`lovchi trap) yoniga yaqinlashayotganda Sunwing kompaniyasi samolyoti bilan to`qnashib ketgan.

WestJet’da ma`lum qilinishicha, to`qnashuv oqibatida samolyotlarning qanoti va dumi shikastlangan.

To`qnashuv tufayli Sunwing samolyoti bortida yong`in chiqqan. Samolyot bo`sh bo`lgan.

Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan, yo`lovchilar tezda evakuasiya qilinganlar.

    Boshqa yangiliklar