AsosiyDunyo

QOZOG`ISTONLIKLAR 3 MING DONA O`QOTAR QUROLNI IXTIYoRIY RAVIShDA TOPShIRDI

'QOZOG`ISTONLIKLAR 3 MING DONA O`QOTAR QUROLNI IXTIYoRIY RAVIShDA TOPShIRDI'ning rasmi

2017 yilning aprel oyidan dekabr oyiga qadar Qozog`iston hududida aholidan noqonuniy ravishda saqlanayotgan o`qotar qurollar, o`q-dorilar va portlovchi moddalarni sotib olish bo`yicha aksiya o`tkazilgan.

Bu haqda “Kazinform” xalqaro axborot agentligi Qozog`iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi departamenti boshlig`i Almas Sadubaevga asoslanib xabar qildi.

Aksiya natijasida 2,1 ming kishi ichki ishlar idoralariga murojaat qilib, 3 ming dona o`qotar qurol, 60 mingdan ortiq o`q va 14 kilogramm portlovchi moddalarni ixtiyoriy ravishda topshirgan.

Sadubaevning ta`kidlashicha, mazkur tadbir 2012 yildan beri o`tkazilib keladi. “O`tgan besh yil mobaynida qurol-yaroq bilan bog`liq jinoyatlarning 55 foizga qisqargani mazkur chora-tadbirlarning samadorligini ko`rsatmoqda", qo`shimcha qilgan u.

    Boshqa yangiliklar