Marsga odamlarning ilk ekspedisiyasi tobora haqiqatga yaqin bo`lib bormoqda. Chunki ushbu tashabbusni amalga oshirishga harakat qilayotgan kishilar soni kun sayin ortayapti. Shundan kelib chiqib olimlar Marsdagi ilk odam 100 yildan so`ng dunyoga keladi degan to`xtamga keldi.
Ba`zi olimlar ko`plab etakchi kompaniyalar sayohatni hozir ham amalga oshirish mumkinligini ta`kidlayotgani noto`g`ri ekanini aytishmoqda. Boisi Qizil sayyoraga ekspedisiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kosmik sohaga yanada rivojlangan texnologiyalar zarurligi, buni ishlab chiqarish uchun esa 50-100 yil vaqt ketishi mumkin.
Ilon Mask esa nafaqat odamlarni tashuvchi kosmik kemani hammadan birinchi bo`lib yaratish, balki ularni Qizil sayyoraga uch oydan kam muddatda etkazishni va`da qilmoqda.
Aslida mutaxassislarni kosmosga sayohat qilishdan to`xtatib turgan yagona narsa – erliklarning himoyasizligi bo`lib turibdi. Odamlarni kosmik makonning zararli ta`sirlaridan himoya qilish usuli topilsa, Marsga uchishni tashkil etish oldidagi to`siq o`z-o`zidan yo`qoladi.
Shuningdek, gravitasiya maydonini qanday qilib yaratishni ham o`ylab topish kerak. Mutaxassislar bunday qiyinchiliklarni engib o`tishda ancha muvaffaqiyatga erishgan. Masalan, gravitasiyani inersiya kuchi orqali ham paydo qilish mumkin. Bunday holatda odamlarning Marsga joylashishi kamida 50 yildan so`ng amalga oshiriladi, ilk odam esa 100 yildan keyin tug`iladi.






