Davlat rahbari Yangiyo`l shahridagi “Fayzli” mahalla fuqarolar yig`inida bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu erda Yangiyo`l shahrinining Bosh rejasi loyihasi, shahardagi ko`p qavatli uy-joylarni ta`mirlash dasturi hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish to`g`risida ma`lumot berildi.
Yangiyo`l shahrida 86 ming 800 aholi istiqomad qiladi. 241 ta ko`p qavatli uylar bo`lib, ularga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko`rsatadi.
Prezidentga taqdim qilingan loyihalarda shaharda oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va yangilash dasturi, Toshkent viloyatining Qibray va Zangiota tumanlarida suv ta`minotini yaxshilash, Chirchiq shahrining issiqlik tizimini takomillashtirish kabi ma`lumotlar o`rin olgan.
Davlat rahbari «Fayzli» mahallasi profilaktika inspektori uyida bo`ldi.
Aholi bilan muloqot qildi.
Prezident Yangiyo`l shahridagi mavjud ko`p qavatli uylarni to`liq ta`mirlash, 7 qavatli 12 ta yangi ko`p qavatli uy-joy, zamonaviy bog`, bozor, supermarket, ko`prik qurish bo`yicha mutassaddilarga topshiriq berdi.
Prezidentimizning Toshkent viloyatiga tashrifi davom etmoqda.






