Xitoyda 9-27 yanvar kunlari 23 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida Osiyo chempionati bo`lib o`tadi.
Unda O`zbekiston yoshlar terma jamoasi “A” guruhida Xitoy, Qatar hamda Ummon termalariga qarshi maydonga tushadi.
Musobaqadagi dastlabki uchrashuvni futbolchilarimiz 9 yanvar kuni qatarlik tengdoshlariga qarshi o`tkazadilar. 12 yanvar kuni esa Xitoy va O`zbekiston uchrashuvi o`tkaziladi.
Guruh bahslaridagi so`nggi uchrashuvni terma jamoamiz 15 yanvar kuni Ummon terma jamoasiga qarshi o`tkazadi.






