Yangi yil oqshomida Kaliforniyalik ayol egizaklarni dunyoga keltirdi. Bu haqda Riafan.ru nashri xabar bermoqda.
Katta farzand dekabrda, kichigi esa yanvarda 20 daqiqa farq bilan tug`ildi.
Egizaklar Xoakin va Aitana de Xesus Ontiveros 2018 yilning yanvar oyida tug`ilishlari taxmin qilinayotgan edi. Biroq ularning onasi Mariyada muddatdan avval to`lg`oq boshlangan.
Aka-singil nafaqat turli kunlar, balki oy va yillarda tug`ilishgan. Shifoxona vakilining aytishicha, egizaklar va ularning onasi o`zlarini yaxshi his qilmoqdalar.
“Bu syurpriz bo`ldi. Butun oila bundan baxtiyor”, deb aytdi shifokor. Egizaklarni uyda uch opasi kutmoqda.






