AsosiyDunyo

DUBAYDA NAMOYISh ETILGAN YaNGI YIL LAZERLI ShOU JAHON REKORDINI O`RNATDI (VIDEO)

'DUBAYDA NAMOYISh ETILGAN YaNGI YIL LAZERLI ShOU JAHON REKORDINI O`RNATDI (VIDEO)'ning rasmi

Dubayda Yangi yil kechasi namoyish etilgan eng katta ko`lamli lazerli shou jahon rekordini o`rnatdi. Shouni tomosha qilish uchun o`n minglab odamlar yig`ildi. Bu haqda «RIA Novosti» ma`lum qildi.

Bu Yangi yilda Light Up 2018 shousi birinchi marta dunyodagi eng baland imorat — Burj Xalifa minorasi yaqinidagi an`anaviy mushakbozlik o`rnini bosdi.

Unda 2018 yil kirib kelishiga bir necha soniya qolganida teskari sanoq boshlandi, so`ng esa tomoshabinlar taxminan etti daqiqa davomida minoraning o`zida, osmono`par binolarda, taniqli raqs tushuvchi favvoralarda musiqa hamohangligidagi lazerli proeksiyalarni kuzatdi.

Rekord Ginnes rekordlari kitobiga «Bitta binoda aks ettirilgan eng katta ko`lamli lazerli va ovozli shou» sifatida kiradi. Proeksiyaning ko`lami 109 ming kvadrat metrni tashkil etdi.

    Boshqa yangiliklar