AsosiyDunyo

ChAP QO`LI YO`Q QIZ RAQS BO`YIChA ChEMPION BO`LIShGA MUVAFFAQ BO`LDI

'ChAP QO`LI YO`Q QIZ RAQS BO`YIChA ChEMPION BO`LIShGA MUVAFFAQ BO`LDI'ning rasmi

Avstraliyalik Deb Rouch chap qo`lsiz tug`ilgan, deb xabar berdi Life.ru nashri.

Lekin u sirayam tushkunlikka tushmadi, aksincha, imkoniyati cheklanganlar ham sport bilan shug`ullana olishini barchaga isbotlab qo`yishga ahd qildi.

2012 yili Rouch Gonggongda bo`lib o`tgan xalqaro chempionatda “Imkoniyati cheklangan shaxslar” toifasida birinchi o`rinni egallagan. Shundan so`ng u dunyoning turli burchaklaridan tadbirlar va ko`rik-tanlovlarda qatnashishga takliflar ola boshladi. 2015 yili esa Deb xalqaro musobaqada ikkinchi marta g`oliblikni qo`lga kiritdi. Hozirda bu qiz dunyo bo`ylab sayohat qiladi – yoga, raqsdan saboq beradi va atrofdagilarga vujud go`zalligi hamda ruh kuch-quvvatini namoyish qiladi.

    Boshqa yangiliklar