Sara 10 yoshligida unga juda kam uchraydigan teri kasalligi – Elers–Danlos sindromi tashxisini qo`yishgandi deb xabar beradi Life.ru nashri.
Bu kasallik organizmning kollagen ishlab chiqarishini susaytiradi, natijada teri tarangligi va qayishqoqligini yo`qotib, bevaqt ajinlar tushishiga sabab bo`ladi. Dunyoda bu kasallikning og`ir formasi bilan bir necha odamgina hastalangan, Gers – ulardan biri. Saraning mushak va bo`g`imlari nozik, terisi yumshoq, quruq va ajin bosgan. Shu bois qiz o`z yoshiga nisbatan ancha katta ko`rinadi. Lekin o`zining bu hastaligiga qaramay qiz model bo`lishga qaror qilgan. Bu bilan u tashqi ko`rinishidan uyalmasligini va go`zallik standartlariga qarshi chiqishini isbotlab qo`ymoqchi bo`lgan. Ha, Sara buni uddaladi.






