AsosiyDunyo

BUTUN BOShLI ShAHARNI OTALIQQA OLGAN MILLIONER

'BUTUN BOShLI ShAHARNI OTALIQQA OLGAN MILLIONER'ning rasmi

1994 yili millioner Xarris Rozenga Orinj okrug munisipalitetidan qo`ng`iroq bo`lib, Tanjelo-Park shaharchasining o`ta achinarli ahvoli haqida so`zlab berishdi.

Shahar yomon illatlar va giyohvandlik botqog`iga botgan bo`lib, mashaqqat bilan kun kechirardi. Aholining yorqin istiqbolga umidi tugul, ilinji ham qolmagandi.

Alqissa, Xarris Tanjelo-Parkning taqdirini o`z qo`liga oldi. Kattalar uchun kasbiy tayyorgarlik, maktabgacha bo`lgan bolalar uchun ta`lim-tarbiya tizimi va har biri uchun stipendiya tayinlagan holda u 4 mln. dollardan ziyodroq pul ajratdi. Bu dastur sakkiz yillikdir. Hozirda maktabni to`la-to`kis bitirganlar 25 foizdan 100 foizga ko`tarildi, jinoyatchilik darajasi esa ikki barobar kamaydi.

Adme.ru nashri

    Boshqa yangiliklar