Toshkent shahri Sergeli tumani yo`nalishidagi yangi metro bekati nomi Tojikiston shoiri va respublika Qahramoni Mirzo Tursunzoda sharafiga qo`yildi
Toshkentda yangi barpo etiladigan metro bekatlardan biriga Tojikiston shoiri va respublika Qahramoni Mirzo Tursunzoda nomi berildi.
Yangi bekat Toshkentdagi Sergeli tumani yo`nalishida joylashgan.
Ushbu metro yo`li tarmog`ini qurilish ishlari olib borilmoqda. 2019 yilda foydalanishga topshirish ko`zda tutilgan.
“O`zbekiston temir yo`llari” AJ “Toshkent metropoliteni” UK boshlig`i so`zlariga ko`ra, Yunusobod metro yo`lining 2 ta bekati “Yunusobod” va “Turkiston” qurilishning ikkinchi bosqichi yakunlanish darajasida, yangi yo`lning estakada uslubida qurilishi boshlandi.
Sergeli aholi turar joyidan 6 ta bekatdan iborat bo`lgan uzunligi 7,1 km metro yo`lining birinchi bosqichini topshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, yangi metro aylanma yo`lini loyihalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Qurilish 5 bosqichda amalga oshiriladi. Tarmoq yo`lning umumiy uzunligi 52,1 kmni tashkil qiladi.






