"O`zgidromet" O`zbekistonning qator viloyatlarida kuchli shamol esishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar markazi xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, 28-29 dekabr kunlari Qoraqalpoqiston Respublikasi, Toshkent, Sirdaryo, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida shamolning tezligi 17-22 m/s gacha, joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
29-31 dekabrda respublikaning ayrim hududlarida tuman tushishi mumkin.
"Xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni so`raymiz", deyiladi FVV xabarida.






