AsosiyJamiyat

TANIQLI XONANDA HOJIAKBAR RAHMATOV VAFOT ETDI

'TANIQLI XONANDA HOJIAKBAR RAHMATOV VAFOT ETDI'ning rasmi

Taniqli xonanda va “Shuhrat” medali sohibi Hojiakbar Rahmatov olamdan o`tdi. Xonanda shu kunga qadar O`zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasining “Navbahor” ashula va raqs ansambli oliy toifali xonandasi sifatida faoliyat yuritgan, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Uning aksariyat qo`shiqlari ona-vatanga, zaminga muhabbat, o`sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga bag`ishlangan. Faoliyati davomida Malayziya, Turkiya, Hindiston, Ukraina, Germaniya mamlakatlarida “O`zbekiston madaniyati va san`ati kunlari” gastrol safarlarida bo`lib, o`zbek san`atini jahon xalqlariga yaqindan tanishtirgan. U ijro etgan “Zilolikda”, “Sochingni mayda o`rgin”, “Eshigingni bilmay ochdim”, “Zebo qiz” qo`shiqlar el orasida mashhur edi.

Hojiakbar Rahmatov ansambldagi faoliyatida ustoz san`atkor sifatida san`atni rivojlantirish, yosh xonandalarning professional mahorati va tajribasini oshirish bilan birga ona yurtga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularning iste`dodlarini rivojlantirish borasida talabchanlik va jonkuyarlik bilan mehnat qilgan.

    Boshqa yangiliklar