AsosiySUG'DIYONA

​SOYaBONINGIZGA «SOYa» TUShSA...

'​SOYaBONINGIZGA «SOYa» TUShSA...'ning rasmi


Aslida soyabonlar qor-yomg`irga chidamli xom-ashyodan tayyorlanadi. Shunday bo`lsa-da, foydalanilganidan so`ng ustki qismi kirlanib, chang o`rnida chiziq yohud dog` paydo bo`lishi mumkin. Bunday vaziyatlarda:

  • Soyabonni yarim ochiq holatda sovunli suvga botiring. So`ngra tish cho`tkasi yordamida yuzasini engil ishqalang. Chayishdan avval toza suv solingan tog`araga solib, aylantiring. Shundan keyin yana bir marta chaying-da, qurishi uchun ochiq ko`rinishda qoldiring.
  • Agar soyabon yuzasida kattaroq dog` bo`lsa, uni spirt eritmasida tozalab olish mumkin. Ozroq paxtani spirtga botirib, dog` ustiga qo`yasiz. So`ng engil ishqalaysiz.
  • Soyabondagi mayda dog`larni navshatir spirti eritmasi aralashmasida ketkazish mumkin. Buning uchun 1 osh qoshiq navshatir eritmasini shuncha miqdorda suv bilan aralashtiring. So`ng doka matosini aralashmada namlab, dog` ustidan yurgazing.
  • Soyabonni sirka va qaynatilgan suvning teng miqdordagi aralashmasida ham tozalash mumkin. Bu usul soyabonning yig`ma qismlari orasida yuzaga kelgan qoramtir chiziqlarni ketkazishda qo`llaniladi.
  • 1 stakan qaynatib ilitilgan suvga 1 osh qoshiq osh tuzini aralashtirib, 5 daqiqa tindiring. So`ng mana shu aralashmaga soyaboningizni solib, 15-20 daqiqaga qoldiring. Bu usul rangi xiralashib qolgan soyabonlarni «yangilash»da ishlatiladi.
  • Soyabonni har doim ochiq holatda quriting. Agar xo`lligicha joylab qo`ysangiz, matosi tez kirlanib, tarangligini yo`qotadi.
  • Tozalash vaqti aseton, benzin yoki boshqa shu kabi kimyoviy eritmalardan foydalanmang.

    Boshqa yangiliklar