Homiladorlik toksikozi hašida tœlišroš ma`lumot bersangiz: u qanday kechadi? Toksikozni boshdan kechirayotgan ayol dori-darmonlar ichsa bo`ladimi?
Dildora, Surxondaryo viloyati
— Homiladorlikning dastlabki oylaridagi ayollarda toksikoz ancha ko`p uchraydi. Bunda homilador ayolning qayt qilishi ko`pincha “boshqorong`ilik” kasalligi tarzida namoyon bo`lib, uni klinik kechishiga ko`ra uchga bo`lish mumkin: engil turida ayol bir kunda 5-6 martagacha qayt qiladi, ishtahasi pasayadi, ko`ngli aynib, boshi aylanadi, biroq qon bosimi u šadar pasaymaydi. Qon va peshob tarkibida o`zgarishlar uchramaydi. 80-90 foiz ayollar maxsus davolanmasa ham tuzalib ketishadi.
O`rtacha og`ir turida bir kunda 8-10 martagacha, hatto, ovqatlanmagan paytlarida ham qayt qiladi. Bemorning umumiy ahvoli birmuncha og`irlashadi: qoni va peshobida biroz o`zgarishlar paydo bo`lib, yurak urishi tezlashadi. Qon bosimi pasayishi natijasida ayolning boshi aylanib, ko`z oldi qorong`ilashadi, ozib ketadi, peshob miqdori kamayadi.
Peshob tarkibida aseton moddasi bor-yo`qligini aniqlash uchun homilador ayol peshobi har 2-3 kunda tekshirib turiladi. Bundan tashqari, me`da-ichak faoliyati ham o`zgarishi, qabziyat bo`lishi, tilni biroz karash bog`lashi mumkin. Bunday ayollar tug`uruqxona sharoitida to`g`ri davolanishsa, homiladorlikning 15-16-haftalariga borib, sekin-asta sog`ayib ketishadi.
Og`ir turida esa ayol bir kunda 20 va undan ham ko`p qayt qiladi. Hatto, ichgan suvini ham qusib tashlaydi. Tomiri dašišasiga 120-130 marta uradi. Ayol ozib ketadi, terisi, shilliq qavatlari sarg`ayib qoladi, boshi og`riydi va aylanadi, qon bosimi keskin pasayadi.
Ayolning toksikoz davrida qayt qilishini ayrim yuqumli xastaliklar, ovqatdan zaharlanish va bosh miya kasalliklari tufayli paydo bo`ladigan qayt qilishlardan ajrata bilish lozim.
Peshobda aseton moddasining ko`payishi jigar faoliyatining buzilganidan darak beradi. Bunday hollarda bemor ayol o`z vaqtida davolanmasa, sog`ayib ketishi qiyin kechadi.
Bemorlarda so`lak oqishi (ptializm) ko`pincha qayt qilish bilan birga kechadi, ba`zan alohida uchrashi ham mumkin. Bunday paytlarda so`lak miqdori bir sutkada 2 l va undan ham ko`proqqa etadi. Bunchalik ko`p peshob ajralishi organizmda moddalar almashinuvini, ya`ni oqsil, vitamin, uglevod, tuz va turli mikrounsurlar almashinuvini izdan chiqaradi.
Hadeb so`lak kelavergach, bemorning og`zi atrofi, lablari qovjirab, quriydi, yorilib, yallig`lana boshlaydi. Bunday bemorlarni albatta tug`uruqxonaning homiladorlarni davolash bo`limiga yotqizish va unda boshqa ichki kasalliklar ham mavjud bo`lsa, turli mutaxassislar bilan maslahatlashib, ularni ham davolash zarur.
Homiladorlik toksikozlarini davolashda avvalo kelib chiqish sabablarini aniqlash kerak. Bemor tevarak-atrofidagi salbiy ta`sirotlarni bartaraf etish, uni tug`uruqxonaning alohida (homiladorlarni davolash) bo`limiga yotqizish va davolash engil formada bo`lsa, dorilar bilan davolay boshlash kerak.
Bundan tashqari, homilador ayol sutkasiga 8-10 soat uxlashi, ovqatni har 2-3 soatda oz-ozdan iste`mol qilishi, yuqori kaloriyali va servitamin ozišlanishi kerak.
Toksikozni boshdan kechirayotgan ayollar qabziyatga moyil bo`lganliklari uchun ko`proq shivit suvi va olxo`ri sharbati ichib turish tavsiya qilinadi. Homiladorlarning tez-tez tomir urishini sanab, qon bosimini o`lchab turish zarur.
Agar dori-darmonlar ichish naf bermasa, shifokor maslahati bilan ukollar olish ham mumkin.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi