Qirg`ichdan o`tkazilgan qovoqning 1 osh qoshig`iga 2 osh qoshiq qaynoq sut quying. Bu aralashmani suv hammomida 10-15 daqiqa isiting. Hosil bo`lgan aralashmaga 2 osh qoshiq tuyilgan suli yormasi (gerkules) qo`shib, yana aralashtiring. Quyuqligi smetanaga o`xshashi kerak. Niqobni yuzga iliq holda surtish lozim. 15 daqiqadan so`ng sirka aralashtirilgan sovuq suv bilan (500 ml suvga yarim choy qoshiq sirka solib) yuvib tashlang. Niqob tetiklantiruvchi samara beradi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






