AsosiySUG'DIYONA

A`LO KAYFIYaTNING 4 SIRI

'A`LO KAYFIYaTNING 4 SIRI'ning rasmi

Ba`zan qora kunlar abadiy davom etayotganday, alamu-xo`rliklarning esa cheki yo`qday tuyuladi. Aksiga olib har bir ishda umid bag`ishlab turadigan omillar ham xira parda ortida yashiringandek. O`zingizga bo`lgan ishonchingizni qayta tiklashda quyidagi usullar yordam bersa ajab emas:

  • Britaniyalik olimlar kulgi jismoniy va ruhiy zo`riqishdan xalos etishini aniqlashgan. Shunday ekan, hajviy film yo spektaklga chipta oling, uyingizga xushchaqchaq insonni mehmonga chaqiring yoki bolalaringiz bilan birga saylgohga borib maza qilib arg`imchoq uching.
  • Agar siz anchadan beri nimanidir istab, ammo «biror kun olarman (borarman)», deb ortga surib kelayotgan bo`lsangiz, hozir uni bajarishning ayni payti. Masalan, bolalikdagi dugonangiz bilan shahar aylaning yoki anchadan beri havas qilib, lekin xarajatiga ko`zingiz qiymay yurgan ko`ylakni sotib oling. Yangi xarid har bir ayolning kayfiyatini ko`tarishi aniq.
  • Taqvimdagi qizil bilan belgilangan kunlarni kutib o`tirmay, o`zingiz uchun bayram tashkil qiling. Bu bayramni nomlab ham o`tirish shart emas. Axir siz va do`stlaringiz ozib-yozib, bi-i-ir yig`iladigan kunning o`zi bayram emasmi?!
  • Har bir insonga o`z yaqin kishisining quvonchi bir olam zavq bag`ishlaydi. Tasavvuringizni ishga solib, yaqin insoningiz uchun biror antiqa sovg`a xarid qiling. Uning ko`zlaridagi mamnuniyat va hayrat kayfiyatingizni ko`tarishi aniq!

Manba: “SUG‘DIYONA”

Boshqa yangiliklar