AsosiyJamiyat

WWW.MUDOFAA.UZ SAYTI IShGA TUShDI

'WWW.MUDOFAA.UZ SAYTI IShGA TUShDI'ning rasmi

Toshkentda “Mudofaa vazirligi tizimida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalanish” mavzuida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir doirasida vazirlikning rasmiy veb-sayti (www.mudofaa.uz)ning taqdimoti ham bo`lib o`tdi.

Mamlakatimizda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish, fuqarolarning so`z va axborot olish erkinligi, axborot xavfsizligi, davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatida ochiqlik hamda oshkoralikni ta`minlash masalalariga alohida e`tibor qaratilayotgani ta`kidlandi.

2014 yilda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida”, 2015 yilda “Elektron hukumat to`g`risida”gi qonunlarning qabul qilingani fuqarolarning bu boradagi konstitusiyaviy huquqlari to`liq amalga oshirilishiga poydevor yaratdi.

Vazirlik tizimida shu kabi hujjatlar ijrosi va aholini sohaga oid axborotlar bilan ta`minlash chora-tadbirlari ko`rilmoqda. Mudofaa vazirligi rasmiy saytining ishga tushirilgani bunga yaqqol misoldir.

    Boshqa yangiliklar