— Hisoblagichni qiyoslash muddati kelganda, gaz yoki suv tashkilotlarining texnik xodimlari uni davlat standartidan o`tkazib kelish uchun har xil narxlarni aytishadi. Bu borada aniq narx belgilanganmi?
Muxabbat To`raeva, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri
Doniyor INOG`OMJONOV, “O`zbekiston milliy metrologiya institut” davlat korxonasimutaxassisi:
O`lchagichlarni davlat qiyoslovidan o`tkazish yuridik shaxslarga 2 yil, jismoniy shaxslarga 4 yil qilib belgilangan.
— Hisoblagichni davlat standartidan o`tkazish muddati kelganda iste`molchiga ta`minotchi korxona tomonidan ogohlantirish xati yuborilishi shart. Ushbu xatni olgan fuqaro texnik xodimni chaqirib, asbobni echirib olgach, hisoblagichni o`zi ham qiyoslash uchun O`zbekiston milliy metrologiya instituning (shahar, tuman, viloyatlar) yagona oynasiga olib borsa bo`ladi.
Metorologiya institutida o`lchagichlarini qiyoslashdan o`tkazish Toshkent shahri uchunsuv hisoblagichi uchun 5 ming 460 so`m, gaz hisoblagichlariuchun 4 ming 240 so`m, elektr hisoblagichlar uchun xizmat ko`rsatish haqi bilan 25 ming atrofida.






