AsosiySavol-javob

KONSERT UChUN LISENZIYa OLMAGANLAR QANDAY JARIMAGA TORTILADI?

'KONSERT UChUN LISENZIYa OLMAGANLAR  QANDAY JARIMAGA TORTILADI?'ning rasmi

— Konsert-tomosha faoliyati lisenziya olinishi talab etiladigan faoliyat turlariga kiradimi?Lisenziya olmay faoliyat yuritganlarga qo`llaniladigan jarimalar haqida ma`lumot bersangiz.

Nilufar Botirova, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri

Davlat Soliq qo`mitasi axborot xizmati:

— O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 maydagi 222-II-son qarori bilan tasdiqlangan “Amalga oshirilishi uchun lisenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro`yxati”ga muvofiq konsert-tomosha faoliyati lisenziya olinishi talab etiladigan faoliyat turlariga kiradi.

O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 165-moddasiga asosan lisenziya olinishi yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olinishi shart bo`lgan faoliyat bilan lisenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug`ullanish - fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o`n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - o`n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

Faoliyat bilan lisenziyasiz shug`ullanish ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo`lsa,fuqarolarga eng kam ish haqining o`n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan o`ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar