AsosiySavol-javob

KO`MIRNI AHOLIGA QAYSI TAShKILOT ETKAZIB BERADI?

'KO`MIRNI AHOLIGA QAYSI TAShKILOT ETKAZIB BERADI?'ning rasmi

— Respublika aholisini ko`mir bilan ta`minlash qaysi tashkilot zimmasiga yuklatilgan?

Zayniddin Umarov, “O`zbekko`mir” aksiyadorlik jamiyatining Mahsulot sotish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari:

— O`zbekistonning barcha viloyatlariga ma`lum jadval asosida etkazilgan ko`mir mahsulotlari ijtimoiy ob`ekt, byudjet hisobidagi tashkilot va idoralar, shuningdek, aholiga sotish boshlangan.

Respublikamiz miqyosida "O`zbekiston temir yo`llari" AJ tasarrufidagi 6 ta "O`ztemiryo`lyonilg`ita`min" Boshqarmasiga qarashli birlashgan yoqilg`i ombor xo`jaligi faoliyat ko`rsatmoqda, jumladan:

  • "Miskin" birlashgan yoqilg`i ombor xo`jaligi (BYoOX)(Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga xizmat ko`rsatadi);
    • "Buxoro" BYoOX (Buxoro va Navoiy viloyatiga)
    • "Qarshi" BYoOX (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga)
    • "Samarqand"BYoOX (Samarqand va Jizzax viloyatlariga)
  • "Toshkent"BYoOX (Toshkent va Sirdaryo viloyatlariga)
  • "Qo`qon" (Andijon, Farg`ona va Namangan viloyatlarga) birlashgan yoqilg`i ombor xo`jaliklari.

Aholini ko`mir bilan ta`minlash mazkur xo`jaliklar zimmasiga yuklatilgan bo`lsa, fuqarolar tuman yoki shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan mahalla oqsoqollari taqdim etgan ro`yxat asosida, belgilangan miqdorda qattiq, yoqilg`ini xarid qilishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar