AsosiySavol-javob

KO`MIRNING BU YILGI ChAKANA NARXI QANChA?

'KO`MIRNING BU YILGI ChAKANA NARXI QANChA?'ning rasmi

Kuz-qish mavsumi kirib kelishi bilan respublikaning olis tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi aholi ehtiyojidan kelib chiqib, «O`zbekko`mir» AJ belgilangan rejaga asosan, hududiy ko`mir etkazib berish markazlariga va uning filiallariga ko`mir hamda ko`mir-briket mahsulotlarini tarqatishni boshlaydi.
Prezidentimiz tomonidan aholining arzon va tejamkor yoqilg`i manbalariga bo`lgan talabini qondirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi “Respublika aholisi va byudjet tashkilotlariga ko`mir mahsulotlari etkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori mamlakatimiz aholisi va byudjet tashkilotlariga ko`mir mahsulotlarini etkazib beruvchi va taqsimlovchi tashkilotlar mas`uliyatini yanada oshirdi.
Mazkur qarorda ko`mir mahsulotlari zaxiralari shakllantirilishi, ularning manzilli taqsimlanishi hamda aholi va byudjet tashkilotlariga uzluksiz etkazib berilishida ishtirok etadigan muassasa va tashkilotlar mansabdor shaxslarining o`z vazifalarini sifatli hamda o`z vaqtida bajarishiga bo`lgan majburiyatini oshirishga qaratilgan me`yorlar belgilangan. Xo`sh, bu yilgi mavsumda ko`mirning narxi qancha?


Zayniddin Umarov, “O`zbekko`mir” aksiyadorlik jamiyatining Mahsulot sotish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasiga ko`mir hajmlari qo`yilishi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tasdiqlangan ko`mir resurslari va ularni taqsimlash balansi hamda Davlat demonopolizatsiya qilish va raqobatni kuchaytirish qo`mitasi tomonidan tasdiqlangan jadval bilan nazarda tutilgan hajmlar doirasida amalga oshiriladi. Bunda boshlang`ich narxlar sifatida Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Deklarasiya qilingan narxlar reestriga muvofiq narxlar qo`llaniladi.

Joriy yil kuz-qish mavsumi uchun ko`mirning o`rnatilgan yagona chakana narxi Moliya vazirligi tomonidan 156 600 so`m (tonna hisobiga) qilib belgilangan.

ESLATIB O`TAMIZ: 2016 yilning 1 aprelidan bir tonna qattiq yoqilg`ining narxi 146 ming 400 so`m etib belgilangan edi. Yuqorida keltirgan Qarorda ko`zda tutilgan chora-tadbirlarning ijrosini ta`minlash maqsadida "O`zbekiston temir yo`llari" aksiyadorlik jamiyati, istisno tariqasida, "O`zbekko`mir" AJga 2017 yil 1 martgacha aholi ehtiyojlari uchun ko`mir mahsulotlarini tashishga amaldagi preyskurant stavkalarining 50 foizi miqdorida chegirma qilgan edi. Natijada ko`mirning chakana narxi 2017 yil 1 martgacha aholi uchun 13 foizga pasayib, tonnasi 126 ming 400 so`mni tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar