AsosiyJamiyat

BUXORO VILOYaTI VOBKENT TUMANIDA “NURONIYLAR MASKANI” ISh BOShLADI

'BUXORO VILOYaTI VOBKENT TUMANIDA “NURONIYLAR MASKANI” ISh BOShLADI'ning rasmi

Vobkent tumani madaniyat va istirohat bog`i hududida barpo etilgan “Nuroniylar maskani”ning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniy otaxon va onaxonlar, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

– Mamlakatimizda biz, keksalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, salomatligimizni mustahkamlashga alohida e`tibor qaratilmoqda, – deydi mehnat faxriysi Muhammad Jumaev. – O`z navbatida, yoshlarni yuksak ma`naviyatli insonlar etib tarbiyalash, turli yot g`oyalar ta`siridan asrash hamda jamiyatda o`z o`rnini topishida biz, nuroniylarning hayotiy tajribamiz juda muhim ahamiyat kasb etadi. “Nuroniy” jamg`armasi tuman bo`limi faoliyat yuritadigan maskanda biz qariyalar uchun nimaiki zarur bo`lsa, barchasi muhayyo etilgan. Kutubxona, tibbiyot xonasi, choyxona, oshxona, sport zali ixtiyorimizda.

    Boshqa yangiliklar