AsosiyJamiyat

​ELEKTR TA`MINOTI KORXONASI VAKILINI ONLAYN ChAQIRISh MUMKIN BO`LDI

'​ELEKTR TA`MINOTI KORXONASI VAKILINI ONLAYN ChAQIRISh MUMKIN BO`LDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati bergan ma`lumotlarga ko`ra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektr ta`minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish mumkin bo`ldi. Mazkur xizmatdan my2.gov.uz portalidan ro`yxatdan o`tgan fuqarolar foydalanishlari mumkin.

Mazkur elektron xizmat yordamida foydalanuvchi ondayn ravishda hisoblagichni o`rnatish, almashtirish, tamg`alatish yoki o`chirtirish uchun mutaxassisni chaqirtirish uchun ariza berishi mumkin. Ariza yozayotganda fuqaro elektr ta`minoti korxonasining vakili qaysi vaqtda kelishini, ya`ni o`ziga qulay vaqtni ham ko`rsatishi zarur.

Ushbu onlayn xizmatdan foydalanish uchun fuqaro portaldagi o`zining shaxsiy kabinetida ko`chmas mulk haqidagi maxsus formani to`ldirishi kerak bo`ladi. Unda ko`chmas mulkning kadastr raqami va manzili ko`rsatiladi.

Bu interaktiv xizmat elektr ta`minoti xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, vaqtga qarab unumli foydalanish imkonini beradi.

    Boshqa yangiliklar