O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta`lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o`tkazish tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi qarorining 1-bandida 2018/2019 o`quv yilidan boshlab oliy ta`lim muassasasiga qabul qilish bo`yicha kirish test sinovlarini 1 avgustdan 15 avgustgacha bo`lgan davrda o`tkazish, kirish test sinovlari natijalarini test o`tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e`lon qilish belgilandi. Bu haqda O`zAA rasmiy sayti xabar bermoqda.






