AsosiyJamiyat

​YoShLAR ITTIFOQINING FAOL A`ZOLARI OLIY TA`LIM MUASSASALARIGA IMTIYoZLI QABUL QILINADI

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabr kuni "O`zbekiston yoshlar ittifoqining faol a`zolariga oliy ta`lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to`g`risida"gi qarori qabul qilindi.

Qaror matni O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasiga yuklangan.

Hujjatga muvofiq O`zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi sardorlar, boshlang`ich tashkilotlardagi yo`nalish etakchilari, ikki yillik mehnat stajiga ega bo`lgan fidoiy yoshlar tavsiyanoma asosida doimiy yashash joyidagi oliy ta`lim muassasalarining pedagogika ta`lim yo`nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar