AsosiyJamiyat

​MAHKUMLAR IShLAB ChIQARIShGA FAOL JALB ETILADI

'​MAHKUMLAR IShLAB ChIQARIShGA FAOL JALB ETILADI'ning rasmi

2017 yil 11 avgustdagi PQ-3200-son “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bog`liq bo`lgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 noyabrdagi 904-son qarori bilan 2018-2024 yillarda jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Dastur quyidagilarni o`z ichiga oladi:

1. 2018-2022 yillarda jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlari ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va texnik jihatdan qayta jihozlash chora-tadbirlari;

38 ta jazoni ijro etish muassasasi bo`yicha 2018-2022 yillarda ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida 33 mlrd. so`mga yaqin summa (shundan 3/2 qismi 2018-2019 yillarda) sarflanishi rejalashtirilgan. Amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida mahkumlar uchun 1317 ta ish o`rni ochilishi, 1-2 smenada 2200 nafar mahkumlar uchun qo`shimcha ish o`rinlari ochilishi nazarda tutilmoqda.

2. Jazoni ijro etish muassasalarining byudjet mablag`lari hisobiga qoplanadigan kommunal xarajatlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqarish mablag`lari hisobiga qoplash bo`yicha 2019-2024 yillarga mo`ljallangan prognoz rejasi;

3. Jazoni ijro etish muassasalarining xarajatlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqarish mablag`lari hisobiga qoplash bo`yicha 2020-2024 yillarga mo`ljallangan prognoz rejasi (5 ta jazoni ijro etish muassasasi bo`yicha).

Shuningdek hujjatda 77 nomdagi jazoni ijro etish muassasalari va ularning tashkilotlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar ro`yxati keltirilgan.

2017 yil 14 noyabrda kuchga kirdi.

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bog`langan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar