Konstitusiyamizning 21- va 22-moddalarida O`zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o`rnatilishi, fuqarolikka ega bo`lish va uni yo`qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilangani, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi o`z hududida ham, uning tashqarisida ham o`z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko`rsatishni kafolatlashi belgilangan. Zero, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va erishilayotgan yutuqlarda fidokorona xizmat qilayotgan har bir fuqaroning alohida o`rni bor. Ayniqsa, shu yurtda yashab, Vatan ravnaqi yo`lida sidqidildan mehnat qilayotgan, taqdir taqozosi bilan fuqarolikka ega bo`lmagan yurtdoshlarimizga katta ishonch bilan fuqarolik pasporti berilayotgani ularda bugunidan shukronalik va ertangi kunga ishonch tuyg`usini mustahkamlamoqda.
Tadbirda Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov so`zga chiqdi.






